
Terens Kroufordni kim to‘xtata oladi?
Amerikalik tajribali murabbiy Stiven Edvards mutlaq jahon chempioni Terens Krouford uchun jiddiy raqib topdi.
"Ikkinchi o‘rta vaznda ehtimol, faqat Devid Benavides Kroufordga qarshi haqiqiy sinov bo‘la oladi. U yosh, kuchli, bo‘yi va qo‘l uzunligi bilan ustun, zarbalari og‘ir va jang davomida bosimini kamaytirmaydi. "Kanelo" bilan jangda Terensning ustun jihatlari ko‘p edi, biroq Benavidesga qarshi bular ishlamaydi. Biroq mazkur to‘qnashuv o‘tkazilmasligi mumkin. Bunga asosiy to‘siq Kroufordning o‘zi bo‘ladi. U Devid bilan bahsga qiziqmaydi, chunki Terens Benavidesni o‘zi uchun juda katta raqib deb hisoblaydi", — dedi murabbiy.
Eslatib o‘tamiz, Krouford 14 sentyabr kuni Saul Alvaresni mag‘lub etib, ikkinchi o‘rta vaznda mutlaq jahon chempioniga aylandi.
Fikrlar