
Terens Krouford The Ring Magazine P4P reytingi yangi etakchisiga aylandi (to‘liq reyting)
Professional boksning nufuzli nashrlaridan biri hisoblangan The Ring jurnali o‘zining vazn toifalaridan qat’iy nazar top 10 talik reytingini yangiladi. Unga ko‘ra, yaqindagina Errol Spensni mag‘lub etib ikki vazn toifasida mutlaq jahon chempionligini qo‘lga kiritgan yagona bokschi Terens Krouford peshqadamga aylandi. Stiven Fulton ustidan g‘alaba qozongon Naoya Inoue esa ikkinchi pog‘onadan joy oldi. To‘liq reyting bilan quyida tanishing:
1. Terens Krouford (AQSh)
2. Naoya Inoue (Yaponiya)
3. Oleksandr Usik (Ukraina)
4. Kanelo Alvares (Meksika)
5. Dmitriy Bivol (Rossiya)
6. Errol Spens (AQSh)
7. Devin Xeyni (AQSh)
8. Jervonta Devis (AQSh)
9. Teofimo Lopez (AQSh)
10. Vasiliy Lomachenko (Ukraina)
Fikrlar