Ter Shtegen va Flik o‘rtasidagi munosabatlar buzilgan

  • 17 iyun, 11:18
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi darvozaboni va sardori Mark-Andre ter Shtegen bosh murabbiy Xans-Diter Flik bilan yaxshi munosabatda emas. Jurnalist Alfredo Martinesning ma’lum qilishicha, ularning munosabatlari "juda sovuq" deb ta’riflanmoqda.

Tecno

Klub rahbariyati bu vaziyatni hal etish maqsadida 33 yoshli darvozabon bilan xayrlashish va uning o‘rniga "Espanol" posboni Xuan Garsiyani olib kelish niyatida.

Ter Shtegen esa "Barselona"ni tark etishni istamayapti. Uning jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.

Shu bilan birga, "Galatasaray" nemis darvozaboniga qiziqish bildirgan, ammo insayder ma’lumotlariga ko‘ra, posbon Turkiyaga ko‘chib o‘tish taklifini rad etgan. Shu bois, uning kelajagi hozircha noaniqligicha qolmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!