
Ter Shtegen qachon safga qaytadi?
"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen tizzasidan muvaffaqiyatli operatsiya qilindi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, germaniyalik posbonning safga qaytishi uchun taxminan 2,5 oy vaqt talab etiladi. Shu tariqa u noyabrgacha jamoasiga yordam berolmaydigan bo‘ldi.
28 yoshli ter Shtegen “Barselona” safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 226 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 222 ta gol o‘tkazib yubordi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar