Ter Shtegen Messi bilan janjallarga kim aybdor ekanini aytdi

  • 9 aprel, 15:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen argentinalik yulduz Lionel Messi kataloniyaliklar sharafini himoya qilgan davrlarda u bilan mojarolashgan paytlarini esga oldi.

Tecno

- Men Messini qattiq hurmat qilaman, lekin faoliyatim davomida  biz kelisha olmay qolgan vaziyatlar ham bo‘lgan. O‘shanda munosabatlarimiz yaxshi emasdi.

Kelishmovchiliklarda ba’zan men, ayrim hollarda u aybdor bo‘lardi, - dedi Mark-Andre ter Shtegen.

Lionel Messi “Barsa” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va 2021 yilning yoziga qadar bu jamoa sharafini uzoq yillar davomida himoya qilgan.

Germaniyalik darvozabon esa, kataloniyaliklar safiga 2014 yilda qo‘shilgan. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!