
Ter Shtegen Germaniya terma jamoasiga chaqirilmadi
"Barselona" darvozaboni Mark-Andre Ter Shtegen Germaniya terma jamoasi yig‘iniga chaqirilmadi. Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda.
Bosh murabbiy Yoaxim Lyov bu safar terma jamoaga Manuel Noyer ("Bavariya"), Kevin Trapp ("Ayntraxt"), Bernd Leno ("Arsenal") va Oliver Baumann ("Xoffenxaym") kabi darvozabonlarni chaqirgan.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Ter Shtegen bosh murabbiy va mamlakat futbol federatsiyasi rahbariyati bilan gaplashgan. Ular esa yaqindagina jiddiy jarohatdan sog‘aygan tajribali posbonga o‘z klubida qolishni maslahat bergan.
Ter Shtegen Germaniya terma jamoasi safiga 2021 yilda qaytishi kutilmoqda.
Fikrlar