Ter Shtegen "Barselona"ni tark etmoqchi emas, ammo vaziyat noaniq

  • 14 iyul, 23:58
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mark-Andre ter Shtegen kelasi mavsumda asosiy darvozabon bo‘lmasligidan g‘azabda, ammo klubni tark etish niyati yo‘q. Bu haqda "Cadena SER" nashri xabar bermoqda.

Tecno

O‘tgan hafta "Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik nemis posboniga uning yangi mavsumda zaxirada bo‘lishini ma’lum qilgan edi. Shu bilan birga, futbolchining agenti ehtimoliy transfer uchun yangi jamoa izlashga kirishgan.

Klubning ichki muhitida esa darvozabonning kelayotgan Jahon chempionatida qatnashishni xohlashi sababli ketishi mumkinligi ta’kidlanmoqda. Agar u ketadigan bo‘lsa, "Barsa" futbolchiga yuqori maoshdan voz kechishi uchun ma’lum miqdorda kompensatsiya to‘lashi mumkin.

Shuningdek, ter Shtegenning transferi orqali maosh xarajatlarini qisqartirish "ko‘k-anorranglilar" rahbariyatining asosiy maqsadlaridan biri sifatida ko‘rilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!