Teoning "Bavariya"ga kelishi ehtimoli oshdi

  • 29 mart, 2024, 16:40
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" himoyachisi Alfonso Devis kelasi yozda "Real"ga o‘tishi kutilmoqda. Myunxen klubi kanadalik futbolchining o‘rniga nomzod qidirmoqda.

Tecno

"TodoFichajes" nashri xabariga ko‘ra, "qizillar" chap qanot himoya chizig‘ini "Milan" a’zosi Teo Ernandes bilan yopmoqchi. Devisning "qirollik klubi"ga ko‘chib o‘tishi, Teoning nemis grandiga kelishi ehtimolini oshirdi. "Transfermarkt" portali Ernandesni 60 million evroga baholamoqda.

Avvalroq, milanliklar frantsiyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!