Teofimo Lopes va Jorj Kambosos jangini tashkil etish Matchroom kompaniyasiga o‘tdi

  • 7 oktabr, 2021, 10:05
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO
Professional boksning engil vazn toifasida WBA, WBO, IBF va the Ring kamarlari uchun bo‘lishi belgilangan Teofimo Lopes (16-0, 12KO) va Jorj Kambosos (19-0, 10KO) jangini tashkil qilish Matchroom kompaniyasiga o‘tkazildi. Dastavval, bu huquq Triller tomonidan sotib olingan bo‘lsa, jang tashkil qilish borasida yuzaga kelgan muammolardan so‘ng huquq IBF tomonidan ikkinchi eng ko‘p mablag‘ taklif qilgan Matchroom promousheniga taqdim qilindi.
 
"Matchroom Boxing kompaniyasi Teofimo Lopes va Jorj Kambosos jangini tashkil qilishini tasdiqlashdan mamnunman. Jang sanasi va manzili tez orada e’lon qilinadi",-deb yozadi kompaniya rahbari Eddi Xirn. 
 
Eslatib o‘tamiz, Lopes va Kambosos jangi aslida 16 oktyabrda Triller kompaniyasi tomonidan o‘tkazilishi kerak edi. Lekin kompaniya IBFga xat bilan chiqib tashkilotchilikni rad etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!