
Teofimo Lopecning ehtimoliy raqibi e’lon qilindi
Professional boksning engil vazn toifasida (61 kg) WBC Franchise, WBA Super, WBO va IBF chempioni Teofimo Lopec o‘zining navbatdagi jangini kelasi yili bahorda majburiy da’vogar Jorj Kombobosga qarshi o‘tkazishi kutilmoqda. Bu haqda Lopesning promouteri Bob Arum “Boxingscene” nashriga ma’lum qilgan.
Shuningdek, Bob Arum ushbu jangni Kombobosning vatani Avstraliyada muxlislar bilan o‘tkazishga ishtiyoqmand ekanligini ham aytib o‘tgan.
23 yoshli Teofimo Lopes ( 16-0, 12 KO) 17 oktyabr kuni Vasiliy Lomachenkoni mag‘lub etib, katta shov-shuvga sabab bo‘lgan edi. Ayni o‘sha kuni Kambobos ( 19-0, 10 KO) ham Londonda Li Selbini eliminator jangida mag‘lub etgan va majburiy da’vogarga aylangandi.
Fikrlar