Teo Ernandes Marokashga qarshi o‘yinda hamma narsa qildi

  • 15 dekabr, 2022, 20:15
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon chempionati yarim final doirasidagi Frantsiya - Marokash bahsida "uch ranglilar" Teo Ernandes va Kolo-Muanining gollari evaziga final yullanmasini qo‘lga kiritdi.

Tecno

Frantsiya himoyachisi Teo Ernandes mazkur uchrashuvda jamoasining muhim o‘yinchisiga aylandi.
Uning mazkur bahsdagi statistikasi shunchaki ajoyib:
46 marotaba to‘pga teginish,
bitta zarba, bitta gol,
28 uzatmadan 19 tasi aniq,
6 marta yakkakurashlarga kirib, barchasida g‘alaba qozongan,
Dribling amalga oshirmagan va
umumiy 8,2 ballga baholangan.

Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli himoyachi Qatar mundialida faqat Tunis terma jamoasiga qarshi o‘yinda ishtirok etmagan va Avstraliyaga qarshi zaxiradan maydonga tushgan. Qolgan barcha uchrashuvlarda asosiy tarkibda o‘yinni boshlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!