Teo Ernandes faoliyatini "Bavariya"da davom ettirishi mumkin

  • 22 mart, 2024, 19:54
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" himoyachisi Teo Ernandes yozgi transfer oynasida klub ro‘yxatini o‘zgartirish imkoniyatiga ega. "Relevo" nashri xabariga ko‘ra, 26 yoshli futbolchiga "Bavariya" va Angliya Premer-ligasi klublari qiziqish bildirmoqda.

Tecno

Ernandes "Milan"da 2019 yilning yozidan buyon o‘ynamoqda. O‘shandan beri frantsiyalik fulbek rossonerilar safida 205 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, 29 ta gol urdi va o‘z sheriklariga 38 ta golli uzatmani amalga oshirdi. "Transfermarkt" portali 26 yoshli himoyachini 60 million evroga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Milan” hozirda A Seriya turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!