Tennischimiz Turkiyada bosh sovrinni ko‘zlamoqda

BEPUL PROPAN

Turkiyaning Antaliya shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi musobaqalari taqvimidan joy olgan “M15” tasnifiga kiruvchi turnirda mamlakatimizning ikkinchi raqamli tennischisi Sergey Fomin yarim finalga yo‘l oldi.

Sergey Fomin nufuzli musobaqaning juftlik bahslari chorak finalida neytral tennischi Daniil Golubev bilan tandemda italiyalik Kristian Kampes va Mariano Tammaro duetini 3:6, 6:1, 10:8 hisobida taslim qildi.

Shu tariqa, 1/2 final bosqichiga chiqqan Sergey va Daniil Golubev final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan o‘yinda neytral tennischi Timofey Derepasko va frantsiyalik Tomas Faurel – ispaniyalik Diego Sanchez hamda Alexandro Pertusa juftliklari o‘rtasida bahs g‘olibi bilan raqobatlashadi.

Eslatib o‘tamiz, tennischimiz yakkalik bahslarida ikkinchi davraga qadar etib bordi va kutilmaganda ruminiyalik Stefan Adrian Andreskuga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!