Tennischimiz Hindistondagi yurishini g‘alaba bilan boshladi

CHERY AUTO

Hindistonning Bxopal shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan erkaklar o‘rtasida M25 toifasidagi musobaqada hamyurtimiz Sergey Fomin muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Tecno

Tennischimiz turnirning asosiy to‘r bahslarining birinchi davrasida neytral tennischi Bogdan Bobrovga qarshi kortga chiqdi. Sergey Fomin uchrashuvning har ikkala setida bir xil 6:1 hisobida zafar quchdi va navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.

Shu tariqa, S.Fomin nufuzli musobaqaning nimchorak finalida ukrainalik Vladislav Orlovga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

Darvoqe, Sergey Fomin turnirning juftlik bellashuvlarida neytral tennischi Maksim Jukov bilan tandem hosil qilgan holda ilk o‘yinini koreyalik Eong Jeong va Uisung Park duetiga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!