
Tennischimiz final ostonasida turibdi
Turkiyaning Antaliya shahrida o‘tayotgan xalqaro turnirda mamlakatimizning ikkinchi raqamli tennischisi Sergey Fomin yarim finalga chiqdi.
Sergey musobaqaning chorak finalida italiyalik Gabriel Pirainoga qarshi o‘yin o‘tkazdi va yakunda 6:2, 3:6, 6:1 hisobida zafar quchdi. Endi tennischimiz final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan o‘yinda neytral tennischi Svyatoslav Gulin bilan kuch sinashadi.
Shuningdek, S.Fomin neytral tennischi Daniil Golubev bilan tandem hosil qilib, juftlik bahslarining yarim finalida italiyalik Xuan Martin Manzano va ispaniyalik Alvaro Peiro Serrano duetini 7:4, 6:4 hisobida taslim qildi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng Sergey va Daniil bosh sovrin uchun belgiyalik tennischilar - Emilien Demanet hamda Jek Log juftligi bilan raqobatlashadi.
Fikrlar