
Tennischilarimiz Qozog‘istondagi turnirda o‘z ishtirokini boshlaydi
Tennischilarimiz turli xil musobaqalarda qatnashishda davom etmoqda. Erkaklar o‘rtasida terma jamoamiz a’zolari Jo‘rabek Karimov hamda Sanjar Fayziev "ITF Kazakhstan F4" turnirida ishtirokini boshlaydi.
Juftlik bahslarida vakillarimizga Buyuk Britaniyadan tashrif buyurgan Jek Gibbens hamda Mark Uaytxaus tandemiga qarshi kortga chiqadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 17:35 da start oladi.
Xuddi shu turnirning yakkalik bellashuvlarida Jo‘rabek Karimov qozog‘istonlik Nikita Sidorov, Sanjar Fayzievga Jek Gibbens raqiblik qiladi.
Fikrlar