
Tennischilarimiz bugun yarim final yo‘llanmasi uchun kortga chiqadi
Tennis bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Sanjar Fayziev hamda Sergey Fomin Rossiyada o‘tkazilayotgan “ITF Russia F5” musobaqasida ishtirok etmoqda.
Turnirning ikkinchi tartib raqam ostida saralangan juftligi hisoblanadigan vakillarimiz bugun 1/4 final bosqichida kortga chiqadi. Ularga Belarus sharafini himoya qilayotgan Ivan Liutarevich va Yaroslav Shilo tandemi raqiblik qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 17:30 atrofida start olishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, hamyurtlarimiz 1/8 final bosqichida Andrey Uvarov va Martin Borisiuk juftligidan 7:5, 6:3 hisobida ustun kelgandi.
Xuddi shu turnirning yakkalik bahslarida Fomin 1/8 final bosqichida ishtirok etadi. Uning raqibi rossiyalik Shalva Janishiya. O‘yin 13:00da boshlanishi rejalashtirilgan.
Undan biroz vaqt o‘tib, Sanjar Fayziev ham nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan uchrashuvini o‘tkazadi. Rossiya sharafini himoya qilayotgan Sergey Pogosyanga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yin 14:30 da start olishi kutilmoqda.
Fikrlar