
Tennis. Arina Sobolenko Australian Open'da g‘alaba qozondi. Uni shaxsan prezident tabrikladi
Belaruslik tennischi Arina Sobolenko Avstraliya ochiq chempionati (Australian Open) g‘olibiga aylandi.
U finalda Qozog‘iston terma jamoasi sharafini himoya qilayotgan 23 yoshli Elena Ribakinani 4:6, 6:3, 6:4 hisobida mag‘lub etdi.
E’tiborlisi, 24 yoshli tennischini faoliyati davomida ilk bor Ulkan toj turkumiga kiruvchi musobaqada g‘olib chiqdi. Endi Arina yangilangan WTA reytingida 2-o‘ringa ko‘tariladi.
Ta’kidlash kerakki, Sobolenkoni ushbu g‘alaba bilan shaxsan Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ham tabrikladi.
Fikrlar