
Ten Xag Ronalduning klub darajasida kiritgan 700-goliga munosabat bildirdi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag Krishtianu Ronalduning klublar darajasida kiritgan 700-goli haqida gapirdi.
"Yana qaysidir futbolchi 700 ta gol urib, uning natijasini takrorlay oladimi? Aytish qiyin. Aytmoqchimanki, bu futbolchi uchun katta yutuq. Krishtianuni tabriklayman. Men u uchun xursandman. Shuningdek, bu uning Premer liganing joriy mavsumdagi birinchi goli bo‘ldi. Bu unga kelgusi o‘yinlarda yanada ko‘proq gol urishga yordam berishiga umid qilaman", dedi Ten Xag.
37 yoshli portugaliyalik APL 9-turidan o‘rin olgan "Everton"ga qarshi o‘yinda (2:1) APLning joriy mavsumidagi ilk golini urdi. Bu gol portugaliyalik uchun klub faoliyatidagi 700-gol bo‘ldi. Krishtianu Ronaldu “MYu”dan (144 ta gol) tashqari, “Sporting” (5 ta gol), “Real” (450 ta gol) va “Yuventus” (101 ta gol) kabi klublarda ham o‘ynagan.
Fikrlar