Ten Xag Ronaldu borasidagi mish-mishlarga nuqta qo‘ydi

  • 22 oktabr, 2022, 15:57
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag yanvar oyidagi transfer oynasida Krishtianu Ronaldu bilan bog‘liq vaziyat fonida yangi hujumchini sotib olish imkoniyati haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Men Ronalduga ishonaman, shuning uchun hozirda bu mavzu muhokama qilinmayapti. Krishtianuning mavsum oxirigacha jamoada qolishini istayimanmi? Ha", - deya fikr bildirdi ten Xag.

Ronaldu intizomiy sabablarga ko‘ra bugungi "Chelsi"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik Angliya chempionatining avvalgi turida Londonning boshqa bir klubi - "Tottenxem" bilan o‘yinda zaxira o‘rindig‘ini erta tark etgandi.

Ma’lumot o‘rnida, mavsum oxirida Ronalduning "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi yakuniga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!