
Ten Xag: Reshford Ronaldudan foydaliroq
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag "Tottenxem"ga (2:0) qarshi bahsda nega Krishtianu Ronaldu o‘rniga Markus Reshfordni qo‘ygani haqida gapirdi.
Ronaldu butun o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazdi va 90-daqiqada kiyinish xonasiga yo‘l oldi. Reshford esa o‘yinni to‘liq o‘tkazdi.
“Birinchi navbatda, “Tottenxem”ga qarshi bizga yaxshi pressing va qarshi hujumlar kerak, shundagina o‘zimizga kerakli natijalarga erisha olamiz. Demak, bizga yaxshi pressing qila oladigan o‘yinchilar kerak edi.
Shuningdek, hujumda bizga rang-baranglik kerak va bu Markusning qo‘lidan keladi. Uning "Nyukasl"ga qarshi so‘nggi 20 daqiqadagi harakatlarini ko‘rdingizmi? U o‘yinni etarlicha o‘zgartirdi va biz bundan foyda ko‘rishga muvaffaq bo‘ldik", - dedi ten Xag.
Fikrlar