Ten Xag niderlandiyalik futbolchi xizmatlariga ehtiyoj sezmaydi

  • 20 dekabr, 2022, 11:46
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mashhur insayder Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, "Inter" himoyachisi Denzel Dyumfrisning qishda "Manchester Yunayted" lageriga o‘tish ehtimoli juda past. 

Tecno

Avvalroq futbolchining agentlari va ingliz klubi bo‘lajak transferni muhokama qilish yuzasidan uchrashgani xabar qilingandi. Ammo bu kelishuvning amalga oshishi dargumon, chunki "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag jamoa himoyachisi Diogo Dalotga to‘liq ishonch bildiradi.

Eslatib o‘tamiz, Dyumfris yakuniga etgan JChda Niderlandiya terma jamoasi tarkibida chorak finalga qadar etib bordi, biroq samarali harakatlari bilan ajralib turmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!