Ten Xag MYuni tozalashni boshladi. 12 futbolchi ketadi!

  • 24 aprel, 2022, 20:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Manchester Yunayted”ni yozda katta o‘zgarishlar kutmoqda. Yangi bosh murabbiy Erik ten Xag ishni tarkibni tozalash va o‘zi qo‘llaydigan uslublarga mos keladigan o‘yinchilarni olib kelishdan boshlamoqchi.

Daily Mirror nashrining zabar berishicha, klub rahbariyati yangi bosh murabbiyga o‘yinchi tanlash vakolatini bergan. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, mavsum yakunlanishi bilan manchesterliklar 12 nafar o‘yinchi bilan xayrlashadi.

Birinchi navbatda, Pol Pogba, Nemanya Matich,Jessi Lingard, Xuan Mata, Edinsona Kavani va Li Grant erkin agent sifatida yoki rahbariyat ruxsati bilan bepul qo‘yib yuboriladi.

Shuningdek, himoyachilardan Aarona Van-Bissaka, Erik Bayi, Fil Jons va Aleks Telles,  hujumchilar Antoni Marsyal va Markus Reshfordning jamoadagi kelajagi ham katta so‘roq ostida turibdi. Ten Xag ular bilan ham xayrlashishga tayyor.

Yo‘qotishlar o‘rnini qoplash uchun Erik ten Xag tanlagan yangi futbolchilarni olib kelish maqsadida klub rahbariyati 300 million evro ajratishga va’da bergan. Dastlabki, mavsumda niderlandiyalik murabbiy tarkibni tartibga solish bilan shug‘ullanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!