
Ten Xag maydonni erta tark etgan Ronalduni jazoladi
37 yoshli goleador Krishtianu Ronaldu "Tottenxem"ga qarshi bahsda zaxirada qoldirildi. Bundan 5 karra "Oltin to‘p" sohibining jahli chiqdi va o‘yin tugamasdanoq, aniqrog‘i, 90-daqiqada maydonni tark etdi.
"Manchester Yunayted" ustozi Erik ten Xag uning ushbu hatti-harakati tufayli jazoladi hamda portugaliyalik yulduzni "Chelsi"ga qarshi uchrashuv uchun kengaytirilgan qaydnomaga kiritmadi. Shuningdek, Ronaldu 3 kunga mashg‘ulotlardan chetlashtirildi.
Ma’lumot o‘rnida, "Chelsi" - "Manchester Yunayted" bahsi 22 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar