Ten Xag iste’foga chiqarilishi mumkin bo‘lgan APL murabbiylari orasida eng yuqori o‘rinda qayd etildi
Angliyalik futbol ekspertlari premer-ligada iste’foga chiqarilishi mumkin bo‘lgan murabbiylar reytingini tuzib chiqdi. Unga ko‘ra, "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik Ten Xag ro‘yxatda etakchilik qilmoqda.
Ikkinchi pog‘onadan "Kristal Pelas" bosh murabbiyi Roy Xojson joy olgan. Kuchli uchlikka "Chelsi" ustozi Maurisio Pochettino va "Byornli" bosh murabbiyi Vensan Kompani yakun yasagan.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda APL autsayderlaridan biri "Nottingem Forest" mutaxassis Stiv Kuperni iste’foga chiqargandi.



Fikrlar