Ten Xag ehtiyot bo‘lishi kerak!
Niderlandiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Marko van Basten yurtdoshi Vegxorstning "Manchester Yunayted" jamoasiga o‘tishi haqida gapirdi.
"Agar sizda niderlandiyaliklar juda ko‘p bo‘lsa va ular yaxshi o‘ynamasa, vaziyat xavfli bo‘lishi mumkin. Buni "Barselona"da Niderlandiyadan besh nafar futbolchi borligi misolida ko‘rish mumkin. Ten Xag bundan ehtiyot bo‘lishi kerak.
Menda Vegxorst borasida shubhalar bor. Lyuk de Yongga qarang - ikkinchi qavatda ajoyib o‘ynaydigan haqiqiy hujumchi. Menimcha Vaut bu jihatdan kuchli emas. To‘g‘ri, futbolchi boshi bilan gol urishi mumkin, biroq u o‘zining bosimi, kuchi tufayli ko‘proq harakat qiladi", - deydi "uchar gollandlar" sobiq futbolchisi "Ziggo Sport " nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, "qizil iblislar" Vegxorst transferi bo‘yicha og‘zaki ravishda kelishib oldi. "Beshiktosh" hujumchining o‘rniga o‘rinbosar topganidan so‘ng uni qo‘yib yuboradi.



Fikrlar