Ten Hag: "Ikkinchi taymda hisobdagi farqni oshirishimiz kerak edi, shunda hammasi hal bo‘lardi"

  • 19 yanvar, 2023, 09:21
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer ligasi 7-turidan o‘rin olgan "Kristal Pelas" - "Manchester Yunayted" jamoalari o‘rtasidagi qoldirilgan uchrashuvda tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. MYu bosh murabbiyi Erik ten Hag ushbu bahs haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Biz o‘yinning borishini nazorat qildik va yaxshi gol urdik. Harakatlarimiz juda chiroyli bo‘lmasa-da, yomon emasdi. Ikkinchi taymda hisobdagi farqni oshirishimiz kerak edi, shunda hammasi hal bo‘lardi.

So‘nggi soniyalarda gol o‘tkazib yuborsangiz, unga reaktsiya bildirishga vaqtingiz qolmaydi. To‘g‘ri, bizda yana imkoniyat yuzaga kelgandi, ammo bugungi bellashuv bizga saboq bo‘lishi lozim.

Kazemiro o‘z istamagan tarzda qo‘pollik ishlatdi, u barchasini o‘nglamoqchi edi. Biz birinchi davrada "Arsenal"ni usiz mag‘lub etganmiz, bu safar ham shunday qilishimiz lozim",-dedi niderlandiyalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, mankunianliklar keyingi turda aynan "kanonirlar"ga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!