Temur Kapadze: "Hozirgi tarkibimiz Qatardan kuchli"

  • 9 iyun, 18:48
  • Jahongir Inomjonov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

JCh-2026 saralashi doirasidagi O‘Zbekiston - Qatar bellashuv oldidan terma jamoamiz bosh murabbiyi Temur Kapadze va jamoa sardori Eldor Shomurodov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Tecno

- Birinchi navbatda barchani g‘alaba bilan tabriklaymiz. Ertaga bizni yana bir muhim bahs kutmoqda. Ushbu bellashuvda ham yaxshi natijaga erishib, saralashni ajoyib natijalar bilan yakunlashga harakat qilamiz.

- Jamoada kayfiyat yaxshi. Jarohatlar har doim bo‘lib turadi. Ertangi o‘yinda bu omillar ta’sir o‘tkazmaydi degan umiddamiz.

- Oston O‘runov va Otabek Shukurovda  jarohatlar bor. Holatga qaraymiz, agar Shukurovning holati yaxshi bo‘lsa, u maydonga tushishi mumkin.

- Biz kutgan natijamizga erishdik, biroq har bir bahsda bosim bo‘ladi. Shuning uchun ertangi bellashuvni yaxshi natija bilan yakunlashga va ushbu bayramni muxlislar bilan birgalikda nishonlashga qo‘ldan kelgancha harakat qilamiz.

- Jamoadagi hozirgi sxema ancha muddatdan beri shakllanib kelgan. Ba’zi bir qismlarga o‘zgartirish kiritdik,  kamchiliklarni to‘ldirdik va qiyin vaziyatdan chiqib keta oldik.

- Qatarga qarshi so‘nggi bellashuvlar jamoaga qiyinchilik tug‘dirdi. Jumladan, Osiyo kubogi va saralash doirasining birinchi davrasida jamoamiz raqiblarga imkoniyatni boy berdi. Biroq, ishonch bilan ayta olamanki hozirgi jamoa Qatardan kuchli.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Bobur Xoʼjayev
09/06/2025 21:54
Oldin boshqalar oʻynaganmidi