Telegram asoschisini qutqarish uchun UFC jangchisi etib keldi
Engil vazn toifasida (70 kg) ishtirok etayotgan armanistonlik UFC jangchisi Arman Tsarukyan Frantsiya poytaxti – Parijga etib keldi.
"Men Pavel Durovni qutqarish uchun keldim!" — degan videoni Tsarukyan ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga joylashtirdi.
Eslatib o‘tamiz, 24 avgust kuni kechqurun Frantsiyada rossiyalik tadbirkor Pavel Durov qo‘lga olingan edi. Jurnalistlarning fikricha, Telegram yaratuvchisi mahalliy hukumat bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgani va kanallarni etarlicha moderatsiya qilmagani uchun federal qidiruvga berilgan, bu esa uni messenjer yordamida sodir etilgan jinoyatlarga sherik qilib qo‘ygan.



Fikrlar