"Real" Alonsoni iste’foga chiqarishi mumkin. Uning o‘ringa kim keladi?

  • 12 dekabr, 05:57
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan mavsum "Real Madrid" uchun og‘ir o‘tdi. Jamoa barcha "El klasikolar"da mag‘lub bo‘ldi, UEFA Superkubogidan boshqa hech qanday sovrin yutmagan holda mavsumni yakunladi. Shundan keyin rahbariyat Karlo Anchelotti bilan xayrlashib, klub afsonasi va sobiq "Bayer" bosh murabbiyi Xabi Alonsoni olib keldi.

Tecno

Xabi kelganidan so‘ng jamoada turli xil muammolarga duch keldi. Shulardan bittasi Vinisius Junior. U maydonda murabbiyga ochiqdan ochiq e’tirozlarini bildirdi. Kiyinish xonasida katta yoshdagi liderlarning kamayib ketgani ham ichki muhitga ta’sir qildi. Bu haqida Karim Benzema yaqinda bergan intervyusida aytib o‘tdi. 

Alonso shogirdlari katta o‘yinlarning deyarli barchasida mag‘lub bo‘lishdi, "Manchester Siti", "Liverpul", "Atletiko Madrid" va PSJ. Faqatgina "Barselona" mag‘lub qilindi. Ammo so‘nggi uchrashuvlardagi natijalar juda ham yaxshi emas "Real" oxirgi 8 ta o‘yinning 2 tasida g‘alaba qozongan, 3 ta during va 3 ta mag‘lubiyat.

44 yoshli ispan borasida "Manchester Siti"ga qarshi bahsdan keyin chiqqan xabarlarga qaramay, rahbariyatning unga bo‘lgan ishonchi tugab borayotganga o‘xshamoqda. "Sky Sports" jurnalisti Florian Plettenbergning so‘zlariga ko‘ra klub murabbiyga so‘nggi imkonni bermoqchi, ya’ni "Alaves"ga qarshi bo‘ladigan uchrashuv. To‘g‘ri bu La Liganing oddiy o‘yinidir, lekin tarkibda etarlicha yo‘qotishlar bor. Misol uchun, ayni paytda Alaba, Karvaxal, Militao, Mendi, Arnold va Kamavinganing jarohati bor. Shuningdek, Garsiya va Karreraslar qizil kartochka sabab jamoasiga bu o‘yinda yordam bera olishmaydi. Mbappe ham hali to‘liq qaytgani yo‘q. 

Yangi murabbiylikka nomzodlar orasida birinchi o‘rinda turgan inson bu Zinediin Zidan. Klub bilan ketma-ket 3 yil Chempionlar ligasini yutgan frantsiyalik mutaxassis anchadan beri ishsiz yuribdi. U 2026 yildan keyin Frantsiya terma jamoasini qabul qilib olishi kutilmoqda. Shu sababli ham Zidanning "Real"dan keladigan taklifni qabul qilish-qilmasligi so‘roq ostida turibdi.

Real "Alaves"ni yuta olmasa va Xabi iste’foga chiqarilsa, uning o‘rniga kelishi mumkin bo‘lgan mutaxassislar orasida Yurgen Klopp ham bor. Bu xabar ko‘plab Madrid muxlislariga yoqishi mumkin. So‘nggi bor "Liverpul"ni boshqargan nemis uchun bu chaqiruv ham qiziq bo‘lishi kerak. U 1,5 yildan beri hech qaysi klubda murabbiylik qilayotgani yo‘q. Hozirda Klopp Red Bull loyihasida ishlamoqda. 

Variantlar orasida keyingi o‘rinda turgan murabbiy bu Alvaro Arbeloa. U hozirda "Real Kastilya"da ishlamoqda. Agarda yuqoridagi mutaxassislardan rad javobi olinsa, Rahbariyat Arbeolani jamoa bosh murabbiy, etib tayinlashi mumkin. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!