Tekinga kelgan Agueroning yo‘qligi “Barsa”ga 40 million evroga tushadi

  • 18 noyabr, 2021, 20:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozda erkin agent sifatida “Barselona”ga bepul qo‘shilgan Serxio Aguero kataloniyaliklar safida bir necha uchrashuvda ishtirok etdi. Biroq, so‘nggi o‘yinda yuragidagi muammo tufayli shifoxonaga yotqizildi.

Tecno

Argentinalik yulduzni tekshiruvdan o‘tkazgan shifokorlar u boshqa maydonga qaytmasligi haqida ham xulosa berdi. Endi Kataloniya klubi mutasaddilari yangi hujumchi topishga majbur bo‘lmoqda.

Hozircha, ularning nishonida “Zaltsburg” hujumchisi Karim Adeyemi turibdi. Avstriya Bundesligasida tinimsiz gol urayotgan futbolchining narxi ham borgan sari ko‘tarilib boryapti. Endi bu futbolchini olish uchun “Barselona” 40 million evro to‘lashi kerak bo‘ladi.

19 yoshli germaniyalik to‘purar joriy mavsumda 22 ta uchrashuvda 15 ta gol urdi va bir juft golli pas muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!