
"Tehron derbisi"ni o‘tkazib yuborgan O‘runov "Paxtakor"ga qarshi o‘ynaydimi?
Eron chempionati 5-turi doirasida muxlislar "Tehron derbisi"ga guvoh bo‘lishdi. Shaharning ikki klubi "Istiqlol" va amaldagi chempion "Persepolis" bu turda o‘zaro to‘qnash keldi.
"Ko‘klar" safida harakat qilayotgan Jaloliddin Masharipov asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq harakat qildi. "Qizillar" etakchisi Oston O‘runov esa bellashuvni o‘tkazib yubordi. O‘runov Eron Pro-ligasi 4-turi doirasidagi "Aluminium"ga qarshi bahsda jarohat olib zaxiraga olingan edi.
Ushbu mag‘lubiyat orqali "Istiqlol" turnir jadvalida 10-o‘ringa tushib ketdi. Jamoa 5 ta o‘yinda 5 ochko to‘pladi. "Persepolis" esa 11 ochko bilan 2-o‘rinda.
Toshkentning "Paxtakor" jamoasi navbatdagi uchrashuvini Elit chempionlar ligasi doirasida aynan "Persepolis"ga qarshi o‘tkazadi. Ushbu uchrashuvda Oston O‘runov qatnashadimi degan savolar ko‘pchilik uchun qiziq bo‘lsa kerak. Eronning "VarzeshSe" nashrinig xabar berishicha, legionerimiz "sherlar"ga qarshi bellashuvga qadar safga qaytadi va maydonga ham tushadi.
Eslatib o‘tamiz, "Persepolis" - "Paxtakor" bahsi 30 sentyabrda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar