
"Tehron derbisi"da hisob ochilmadi
Eron chempionati 20-turidan o‘rin olgan super qarama-qarshilik bo‘lib o‘tdi. Unda Tehronning "Istiqlol" jamoasi shaharning yana bir jamoasi "Persopolis" bilan kuch sinashdi.
Keskin va murosasiz kechgan bahsda bir qancha vaziyatlar bo‘lishiga qaramay, hisob ochilmadi.
Mezbonlar safida harakat qilayotgan Jalolliddin Masharipov asosiy tarkibda maydonga tushib, 72 daqiqa o‘yngan bo‘lsa, mehmonlar safida o‘ynayotgan Oston O‘runov to‘liq harakat qildi.
Shu tariqa, "Istiqlol" ochkolari sonini 43 taga etkazib, etakchilikni saqlab qoldi, "Persopilis" esa 40 ochko jamg‘argan holda ikkinchi pog‘onani band qilib turibdi.
Fikrlar