
Tedesko qo‘l ostida mag‘lubiyatga uchramay kelayotgan Belgiya Slovakiyaga qarshi!
Jahon chempionatida Marokashga mag‘lub bo‘lib, keyingi turda Xorvatiyaga qarshi o‘yinda durang o‘ynagan Belgiya turnirni tark etgan. Shundan keyin Roberto Martines iste’foga chiqadi va uning o‘rniga Domeniko Tedesko keldi. Shundan beri jamoa mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. Bugun esa belgiyalik mutaxassis termadagi ilk yirik turnir o‘yinini o‘tkazadi.
Belgiya
Belgiya 20 ochko bilan Evro-2024 saralash guruhida birinchi o‘rinni egalladi va ketma-ket olti marta yirik turnir uchun saralash bosqichida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Jamoa, shuningdek, saralash o‘yinlaridagi mag‘lubiyatsiz seriyasini (Jahon chempionati va Evro) davom ettirdi. 38 yoshli Tedeskoning yirik turnirda Belgiya terma jamoasining eng yosh murabbiyi bo‘ladi va Jek Batlerning 1938 yilgi jahon chempionatidagi rekordini yangilaydi (43 yosh).
Romelu Lukaku "Roma" tarkibida 47 o‘yinda 21 ta gol urib, ajoyib mavsum o‘tkazdi. 31 yoshli strayker Belgiya terma jamoasining yirik turnirlardagi eng yaxshi to‘purari bo‘lib, 22 o‘yinda 11 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi. Bu turnir Romeluning so‘nggi Evrolaridan biri bo‘lishi mumkin, chunki keyingi chempionatgacha hujumchi 35 yoshda bo‘ladi. Kevin de Bryuyne ham Lukaku singari oxirgi bor katta turnirlarda maydonga tushayotgan bo‘lsa, ajab emas.
Slovakiya
Bu Slovakiyaning to‘rtinchi yirik turniri hisoblanadi. Ammo jamoaning yomon tarixiga bor. Ulardan biri slovakiyaliklarning so‘nggi ikki Evroning eng ko‘p gol o‘tkazib yuborganidir. Shu bilan birga, ular hali 1/8 bosqichidan o‘ta olmagan, lekin saralash bosqichida Slovakiyani faqatgina Portugaliya taslim qildi. Shuningdek, so‘nggi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida 8 ta gol urib, ikki g‘alaba bilan Evroga etib kelmoqda. Bu esa Kalzona shogirdlarining kayfiyati yaxshi ekanligini bildiradi.
O‘zaro o‘yinlar tarixi
Bu ikki jamoa shu paytgacha turnirlarda umuman to‘qnash kelmagan. Faqatgina 2013 yilda o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tgan va unda Belgiya 2:1 hisobida zafar quchgan.
Taxminiy tarkiblar
Belgiya: Kastels, Fas, Vitsel, De Kayper, Kastyan, Mangala, Onana, Doku, Trossard, Lukaku, De Bryuyne
Slovakiya: Dubravka, Pekarik, Vavro, Shkrinyar, Xanko, Lobotka, Duda, Shranz, Bojenik, Xaraslin
Fikrlar