Tayyorlan, Manchesterdan ketasan!

  • 7 mart, 14:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Manchester Yunayted” mutasaddilari yozgi transferlar davrida tarkibni optimallashtirish siyosatini davom ettiradigan bo‘lyapti.

Tribal Football nashriga ko‘ra, jamoaning shvetsiyalik himoyachisi Viktor Lindelof o‘ziga yangi ish qidirishiga to‘g‘ri keladi.

Tajribali futbolchining amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni tugaydi. Klub rahbariyati unga yangi bitim bermaslikka qaror qildi.

Lindelof 2017 yilning yozidan beri manchesterliklar sharafini himoya qilib kelmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarda, 30 yoshli futbolchini “Benfika” o‘z safiga qaytarmoqchi ekani aytilmoqda. Viktor Angliya Premer-ligasiga kelgunga qadar 2013-2017 yillar davomida lissabonliklar tarkibida porlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!