Tayson Fyuri: "Bunga ishona olmayman"
Britaniyalik bokschi Tayson Fyuri hamyurti Rikki Xattonning vafotiga munosabat bildirdi.
"Tinch yot, afsona. Shu kunga qadar faqat bitta Rikki bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi. Sening o‘rningni hech kim bosa olmaydi. Ochig‘i, hali ham ishonolmayapman, u hali juda yosh edi", — deb yozdi Fyuri ijtimoiy tarmoqlarida.
Eslatib o‘tamiz, Rikki Xatton 2025 yil 14 sentyabr kuni 46 yoshida olamdan o‘tdi. U 1997-yilda professional boksda debyut qilgan va 2012-yilda faoliyatini yakunlagan.



Fikrlar