
"Tata Steel Chess 2023": Bugun Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov 9-turda dona suradi. Raqiblar va turnir jadvali bilan tanishing
Niderlandiyada klassik shaxmat bo‘yicha "Tata Steel Chess 2023" musobasining 9-tur bahslari bo‘lib o‘tadi.
Masters guruhida ishtirok etayotgan Nodirbek Abdusattorov ushbu bosqichda germaniyalik Vinsent Keymerga qarshi dona suradi. Abdusattorov 8-tur yakunlariga ko‘ra 6 ochko bilan jadvalda etakchilik qilmoqda.

Chelenjerlar tasnifida qatnashayotgan Javohir Sindarov esa amerikalik Abximanyu Mishra bilan hisob-kitob qiladi. Javohir hozirda 5 ochko bilan 4-pog‘onani band etib turibdi.

Fikrlar