"Tashkent Open-2025" xalqaro turniri yakunlandi

  • 30 mart, 16:56
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Shaxmat
BEPUL PROPAN

Georgiy Agzamov xotirasiga bag‘ishlangan “Tashkent Open-2025” XVIII xalqaro turniri – shaxmat jangi va do‘stlik bayrami! 
 
Joriy yilning, 19-29 mart kunlari Toshkent shahridagi Xalqaro shaxmat Akademiyasi mezbonlik qilgan mukofot jamg‘armasi 75 000 AQSh dollarini tashkil etgan "Tashkent Open-2025" XVIII xalqaro turniri muvaffaqiyatli yakunlandi. 
 
Turnirda ("A" guruhi) 16 davlatdan 158 nafar shaxmatchi, shulardan 106 nafari xalqaro unvon egasi, ("B" guruhi) 8 davlatdan 185 nafar sportchi ishtirok etdi. 
 
G‘oliblar bilan tanishing: 
 
"A" guruhi: 
1. Nihal Sarin (8 ochko) 
2. Sanan Sjugirov (7.5 ochko) 
3. Abhimanyu Puranik (7.5 ochko) 
 
"B" guruhi: 
1. Muhammadsolih Raxmatullaev (8 ochko) 
2. Emil Mehrailiev (8 ochko) 
3. Rustambek Erkinov (8 ochko) 
 
Yangi unvon egalari: 
 
Begmuratov Xumoyun – Xalqaro grossmeysterlik unvonining 2-talabini bajardi. Bahrillaev Bahrom – Xalqaro toifadagi sport ustasi unvonining barcha talablarini bajardi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!