Tarixiy natija! Taekvondochilarimiz Janubiy Koreya terma jamoasini ortda qoldirishdi

  • 27 iyun, 2022, 12:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Koreya Respublikasida taekvondo WT bo‘yicha Osiyo chempionati o‘z yakuniga etdi. Bugun -80 kg vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz Shuhrat Salaev qit’a chempionligini qo‘lga kiritdi.

Tecno

Taekvondochimiz finalda Tokio-2020 kumush medal sohibi iordaniyalik Solih El Sharabati bilan to‘qnash keldi. Birinchi raundda Salaevning, ikkinchi bo‘limda raqibning g‘alabasi qayd etildi. Hal qiluvchi raundda Salaev 0:5 hisobida ortda borayotganiga qaramasdan kuchli xarakter ko‘rsatib, 8:7 hisobida bellashuv taqdirini o‘z foydasiga hal qila oldi. Ayniqsa, so‘nggi 2 soniyada 2 ochkolik zarba bilan g‘alabani “ilib” ketgani butun musobaqaning eng dramatik lahzasi bo‘ldi, deyish mumkin.

Shu tariqa, terma jamoamiz mazkur qit’a birinchiligini 4 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan yakunladi. Ahamiyatli tomoni, erkaklar terma jamoamiz 4 ta oltin medal bilan musobaqa mezbonlarini ortda qoldirib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi. Qayd etish joiz, terma jamoamiz qit’a birinchiliklarida shu paytgacha 4 ta oltin medal qo‘lga kiritmagan edi.

E’tiborlisi, shu paytgacha birinchilikni hech kimga bermay kelgan Janubiy Koreya terma jamoasi taekvondochilari bu safar Osiyo chempionligini o‘zbekistonlik sportchilarga topshiriga majbur bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!