
Tarixiy natija qayd etgan taekvondochilarimizni shaxsan vazirning o‘zi kutib oldi (FOTO)
Joriy yilning 24-27 iyun kunlari Janubiy Koreyaning Chunchon shahrida taekvondo bo‘yicha XXV Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 4ta oltin, 1ta kumush va 2ta bronza medaliga ega chiqishdi va umumjamoa hisobida erkaklar o‘rtasida birinchi o‘rinni egallashdi.
Bugun sportchilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportda hamyurtlarimizni Sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov, vazir o‘rinbosari Shaxrullo Maxmudov, vazir maslahatchisi Avazjon Karimov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, taekvondo federatsiyasi, sportchilarning ota-onalari hamda OAV xodimlari tantanali kutib olishdi.
Ulug‘bek Rashitov, Jasurbek Jaysunov, Nikita Rafalovich va Shuhrat Salaev barcha raqiblarini mag‘lub etib, Osiyo chempioni degan nomga sazovor bo‘lishdi. Bungacha mustaqil O‘zbekiston tarixida hech qachon Osiyo chempionatida 4ta oltin medal qo‘lga kiritilmagan edi!
Fikrlar