
Iroqning jahon chempionatidagi yagona goli muallifi kloronavirusdan o‘ldi
Iroq terma jamoasi safida jahon chempionatida yagona gol muallifi bo‘lgan Ahmad Radi koronavirusdan vafot etdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, 13 iyun kuni Ahmad Radi kasalxonaga yotqizilgan va keyinroq unga javob berilgan. Biroq, 18 iyun kuni uning sog‘lig‘i birdan yomonlashib, yana kasalxonaga tushdi. U koronavirusni enga olmadi.
Sobiq futbolchi 57 yoshda edi.
Radi 1986 yilgi jahon chempionatida Belgiya darvozasini ishg‘ol qilgan edi. Iroq terma jamoasida 121 marta maydonga tushgan hujumchi raqiblar darvozasiga 62 ta gol urgan. Ahmad Radi 1988 yilda Osiyoning eng yaxshi futbolchisi, deb topilgan edi.
Fikrlar