
Tanzila Norboeva velosportchilarni taqdirladi
Yig‘ilishda federatsiyaning olimpiya o‘yinlariga tayyorgarligi, hududiy bo‘limlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, o‘smirlardan iborat bo‘lgan milliy terma jamoaning Osiyo va jahon chempionatlari hamda xalqaro musobaqalarda ishtirokini ta’minlash orqali ularni 2022, 2024 va 2028 yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlariga bosqichma-bosqich tayyorlash yuzasidan hisobotlar tinglandi.
Shuningdek, milliy terma jamoaning xalqaro musobaqalardagi ko‘rsatkichlari, qolaversa, jahon chempionati sovrindorlarining keyingi musobaqalarga tayyorgarlik bosqichlari xususida ishlab chiqilgan dastur muhokama qilindi.

Hozir O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Olga Zabelinskaya tomonidan shosse yo‘nalishi bo‘yicha kelasi yili Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma qo‘lga kiritilgan bo‘lib, endilikda trek yo‘nalishida ham litsenziyaga ega chiqish rejalashtirilmoqda.
Yig‘ilish doirasida 2019 yil davomida o‘tkazilgan Osiyo chempionatlarida hamda kuboklarida g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy olgan Murodjon Xolmurodov, Bekzod Rahimboev, Dilmurod Siddiqov, Olga Zabelinskaya, Yanina Kuskova, Renata Baymetova, Diana Adelshinova kabi velosportchilarimiz va ularni xalqaro musobaqalarga tayyorlagan murabbiylar velosiped sporti federatsiyasi va milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan taqdirlandi.

Fikrlar