
Tanaffusdan so‘ng kortga qaytgan Medvedev Meksikadagi turnir chempioniga aylandi
Rossiyalik mashhur tennischi Daniil Medvedev Meksikadagi Kabo-San-Lukas ochiq chempionatida bosh sovringa ega chiqdi.
Jahonning birinchi raqamli raketka ustasi finalgacha bo‘lgan yo‘lda Rinki Xidzikata, Richardas Berankis hamda Miomir Ketsmanovichni mag‘lub etdi. Hal qiluvchi bellashuvda unga avstraliyalik Kemeron Norris raqiblik qildi. O‘yin Daniilning 2 setdagi g‘alabasi bilan yakunlandi - 7:5, 6:0.
Shu tariqa, 22 iyundan beri ilk bor kortga chiqqan Medvedev kambekni titul bilan nishonladi.
Fikrlar