Ta’mirlash ishlari olib borilayotgan OKMK stadionining maysasi yangilandi! (Foto)

  • 18 iyul, 2023, 16:33
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, OKMK sport majmuasida keng ko‘lamli kapital ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Stadionni xalqaro talablarga to‘liq javob beradigan holatga keltirish uchun katta hajmdagi ishlar amalga oshirilmoqda.

Tecno

"Futbol maydonimiz maysalari joriy yilning birinchi qismidan buyon to‘liq yangilash ishlari olib borilayotgan edi. Aynan shu sababli, jamoamiz uy uchrashuvlarini Toshkentdagi «Jar» stadionida o‘tkazib kelmoqda.

Hozirga vaqtga kelib maydon holati mukammal ko‘rinishga keltirildi. Kuni kecha FIFAning maydon bo‘yicha mutaxassislari Olmaliq shahriga tashrif buyurib chim sifati, maydon tekisligi, drenaj va sug‘orish tizimlari, suv etkazib berish nasoslari va boshqa uskunalarni ko‘zdan kechirib, yuqori bahoni berib qaytishdi.

Endi uni yurtimizdagi futbol maydonlari ichidagi eng na’munalisi, deb hisoblasak ham bo‘ladi. Maydon maysasining ajoyib holatga kelishida shu sohadagi mahalliy eng tajribali mutaxassislar ish olib borishdi.

FIFA mutaxassislari maydonimizga yuqori baho berib, o‘zining yozma ravishdagi xulosalarini taqdim etgan.

Yaqin kunlarda OKMK futbol klubi rahbariyati O‘zPFL komissiyasini kutib oladi. Unda, OKMK sport majmuasida olib borilayotgan rekonstruktsiya ishlari, maydon sifati, yoritish tizimi va shu kabi boshqa masalalar "Stadionlarga qo‘yilgan talablar" reglamentiga ko‘ra qanchalik bahoga bajarilganligi muhokama qilinadi", - deyiladi klub matbuot xizmati taqdim etgan xabarda.

agmk

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!