
Takefuso Kubo ELda hafta futbolchisi bo‘lish uchun nomzod
UEFA Evropa ligasining hafta futbolchisi bo‘lish uchun 4 ta nomzod nomini e’lon qildi.
"Lex" darvozasiga 3 ta gol urgan "Benfika" forvardi Darvin Nunes, "Sparta"ga qarshi bahsda xet-trik qayd etgan "Lill" yarim himoyachisi Yusuf Yazidji, "Zarya"ga qarshi o‘yinda bitta gol va 2 ta assistent muallifi bo‘lgan "Lester" hujumchisi Kelechi Ixeanacho va "Sivasspor" darvozasini bir bor ishg‘ol etib, yana 2 golli uzatmani amalga oshirgan "Vilyarreal" a’zosi Takefuso Kubo sovringa da’vogarlik qilmoqda.
Fikrlar