Tailand ustozi O‘zbekistonning kuchiga yuqori baho berdi

  • 11 iyun, 2022, 20:11
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Osiyo kubogi saralashidan o‘rin olgan Shri-Lanka - Tailand uchrashuvida nominal mehmonlar 2:0 hisobida raqibdan ustun keldi.  

Bellashuvdan so‘ng har ikkala jamoa ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Qo‘yida Tailand ustozi Aleshandre Pyolkingning fikrlari bilan tanishib chiqing. 

Tecno

- Doim himoyalanayotgan jamoaga qarshi o‘ynash juda ham qiyin. Raqibimiz deyarli hujumga borgani ham yo‘q. Faqat gol o‘tkazib yubormaslik haqida o‘yladi. Shu sababli biz ham biroz qiynaldik.

- Lekin guruhda chiqish vazifasini uddaladik, deb o‘ylayman. Chunki 6 ochko bizga etarli bo‘lishi kerak. Keyingi uchrashuv esa O‘zbekistonga qarshi katta test bo‘ladi biz uchun.

- O‘zbekiston kuchli raqib va men bu jamoaga qarshi maksimal, to‘liq asosiy tarkibda o‘ynab, natijaga intilishga harakat qilaman. O‘zbekistonda qarshi o‘yin ham biz hujumkor uslubimizdan voz kechmaymiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ffssdgg Vtrdfg
12/06/2022 00:13
Хурматли мурабий буни вакт курсатади уйин олдинда.