Tailand MTJ murabbiyi: "O‘zbekiston favoritligini bilamiz, biroq..."

  • 8 iyun, 2022, 20:04
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo Kubogi-2023 saralash bosqichi doirasidagi Tailand - Maldiv uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda nominal mezbonlar 3:0 hisobida zafar quchdi. Bellashuvdan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida "jangovar fillar" bosh murabbiyi Aleshandre Pyolking ishtirok etib, quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

Tecno

"Bugungi o‘yin rejamiz bo‘yicha o‘tdi, lekin hali oldinda uchrashuvlar bor. O‘zbekiston bu guruhda favoritligingni bilamiz, biroq biz ham o‘zimizning oldimizga qo‘ygan maqsadimizga etishish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz.

Namanganga mehmondo‘stlik uchun rahmat aytamiz. Bundan oldingi matbuot anjumanida ovqatlanish bo‘yicha fikrlarimni noto‘g‘ri talqin qilishibdi. O‘zbek taomlari Tailandning achchiq taomlaridan farq qilgani sababli futbolchilarimning bu taomlarga ko‘nikishlariga biroz vaqt talab etildi. Lekin qayd etishim kerak, bizni bu erda hamma narsa qoniqtirmoqda. Shu sababli tashkilotchilarga minnatdorchilik bildiraman".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!