Taekvondochilarimiz Xitoydan 5 ta medal bilan qaytishdi

  • 23 aprel, 18:36
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Butunjahon taekvondo federatsiyasi Prezidenti kubogi". Musobaqaning ilk kunini 5 ta medal bilan yakunladik, Jasurbek Jaysunov va Marat Mavlonovda oltin! 
 
Bugun Xitoyning Tayyan shahrida taekvondo WT bo‘yicha G3 klassifikatsiyasidagi "Butunjahon taekvondo federatsiyasi Prezidenti kubogi"ning Osiyo mintaqasi uchun mo‘ljallangan musobaqasi start oldi. 
 
Ilk kun doirasida erkaklar o‘rtasida +87 kg, -87 kg, -80 kg, -74 kg, ayollar o‘rtasida esa -46 kg, -49 kg, -53 kg, hamda -57 kg vazn toifalaridagi bellashuvlar tashkil etildi. 
 
Unda Pavel Xan boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasining jami 13 nafar taekvondochisi dayangga ko‘tarildi. Bellashuvlar yakunida vakillarimiz 2 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza, jami 5 ta medalga ega chiqishdi. 
 
Oltin: 
 
Jasurbek Jaysunov (-80 kg) 
Marat Mavlonov (+87 kg). 
 
Kumush: 
 
Shuhrat Salaev (-87 kg). 
 
Bronza: 
 
Yodgorbek Jo‘raboev (-87 kg) 
Madina Mirabzalova (-57 kg). 
 
Ertaga turnir doirasida bellashuvlar davom ettiriladi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!