Qozog‘istonda taekvondo (WT) bo‘yicha kattalar, yoshlar va bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan "Rayimbek Batir" musobakasida mamlakatimiz sharafini "Tornado" sport klubi a’zolari munosib himoya qildi.
Dunyoning o‘nga yaqin davlatidan kelgan 1 ming 500 nafar taekvondochilar o‘rtasida o‘tgan turnirda hamyurtlarimiz 25 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Kattalar o‘rtasida o‘tgan bellashuvlarda dayanga chiqqan Jasur Mavlonov va Saidolim Qosimov o‘z vazn toifalarida kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Nafosat Rahimjonova bronza medali bilan taqdirlandi.
Keskin va murosasiz o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi bahslarda 59 kilogrammgacha vaznda mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Nozima Rahimjonova finalga qadar barcha raqiblarini engib, shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi.
Shuningdek, bolalar o‘rtasida jamoaviy sparring yunalishida sportchilarimizga teng keladigani topilmadi. Ular barcha raqiblari ustidan zafar quchib, yakunda 21 ta oltin medal jamg‘argan holda umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.
Fikrlar