Taekvondochilar yo‘lga tushdi

CHERY AUTO

Qozog‘istonning Almati shahrida taekvondoning VT yo‘nalishi bo‘yicha “Almaty open - 2023” chempionati o‘tkaziladi.

Tecno

Ushbu musobaqada dunyoning turli mamlakatilaridan kelgan sportchilar bolalar va kattalar o‘rtasida o‘tkaziladigan bellashuvlarda g‘oliblik uchun kuch sinashadi.

Turnirda yurtimiz sharafini “Tornado” klubida taekvondo sirlarini o‘rganayotgan jami 11 nafar sportchi himoya qiladi.

Ularni musobaqaga O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan murabbiy Faxriddin Umarov, yosh bo‘lishiga qaramay, murabbiylik ishida katta tajriba to‘plagan Ahror Asrorov va qizlar murabbiyi Iroda Usarova tayyorlagan.

- Shogirdlarimiz bo‘lajak musobaqaga puxta hozirlik ko‘rdi. Yo‘lga chiqish oldidan kuchaytirilgan mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Xorijdagi har qanday turnir sportchilarning mahoratini oshirishga, xalqaro tajribasini shakllantirishga ixzmat qiladi. Shuningdek, bu kabi turnirlar yoshlar uchun o‘ziga xos rag‘bat va o‘z salohiyatini ko‘rsatish uchun katta imkoniyatdir.

Eng muhimi esa, yurtdan tashqaridagi musobaqalar sportchilarga katta mas’uliyat yuklaydi. Bundan bellashuvlarda maydonga chiqqan o‘g‘il-qizlarda vatani bilan faxrlanish tuyg‘ulari mukstahkamlanadi, - dedi tajribali murabbiylardan Ahror Asrorov.

“Almaty open - 2023” chempionati 13-14 may kuni o‘tkaziladi.

Bo‘lajak bellashuvlarda hamyurtlarimizga zafar va muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!